AsosiyJamiyat

Energiya yo‘qotishlari keskin tanqid qilindi

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda mamlakat iqtisodiyoti, inflyatsiyani jilovlash, energiya tejamkorligi, turizm va boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

'Energiya yo‘qotishlari keskin tanqid qilindi'ning rasmi

Yig‘ilishda birinchi chorakda YaIM 8,7 foizga o‘sgani, inflyatsiya 7,1 foizga tushgani, investitsiyalar 13,7 milliard dollarga yetgani qayd etildi. Shu bilan birga, 3 millionga yaqin sayyoh kelib, turizm eksportidan 1,1 milliard dollar daromad olindi.

Energiya sohasida yo‘qotishlar yuqori bo‘lgan tumanlarda rahbarlar faoliyati tanqid qilinib, tejabkorlik va samaradorlikni oshirish, yosh kadrlar va sun’iy intellektni jalb qilish topshirildi. Bank tizimi orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash kengaytirilib, 140 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani aytildi.

Shuningdek, inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlash, tashqi bozordagi narx bosimi sharoitida mahalliy mahsulotlar taklifini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Rahbarlarga esa xotirjamlikka berilmasdan, yangi sharoitda ish uslubini tubdan o‘zgartirish vazifasi qo‘yildi.

    Boshqa yangiliklar