AsosiyDUNYO

Trump benzin narxini zudlik bilan tushirishni talab qildi: “Katta muammolar” bilan tahdid qildi

Trump bu haqda bugun, 30 iyun kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

'Trump benzin narxini zudlik bilan tushirishni talab qildi: “Katta muammolar” bilan tahdid qildi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda benzin narxini zudlik bilan pasaytirishni talab qildi. Uning aytishicha, yonilg'i sotuvchilari narxlarni sun'iy ravishda yuqori ushlab turgan bo'lsa, ularni “katta muammolar” kutishi mumkin.

Tramp bu haqda bugun, 30 iyun kuni o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

“Benzin sotuvchilari narxlarni ZUDLIK BILAN tushirishi shart”, deb yozdi u.

Prezidentning ta'kidlashicha, narxlarni asossiz ravishda oshirishga yo'l qo'yilmaydi va bu qonunga zid hisoblanadi. Shuningdek, u benzinning bir galloni (taxminan 3,78 litr) narxini 2,50 dollar atrofiga tushirishni boshlash kerakligini bildirgan.

Avvalroq Tramp AQSh Adliya vazirligiga neft kompaniyalari faoliyatini tekshirish bo'yicha topshiriq bergan edi. Uning fikricha, jahon bozorida xom neft arzonlashayotganiga qaramay, ayrim kompaniyalar yonilg'i quyish shohobchalarida benzin narxini tushirmayapti va iste'molchilarni asossiz ravishda ortiqcha to'lov qilishga majbur etmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy yil boshida AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari ortidan Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayib, jahon bozorida neft narxi sezilarli darajada oshgan edi. Keyinchalik diplomatik muzokaralar faollashishi ortidan neft va yonilg'i narxlarida ma'lum darajada pasayish kuzatildi.

Ayni paytda AQShda noyabr oyida bo'lib o'tadigan Kongressga oraliq saylovlar arafasida yonilg'i narxining yuqori bo'lishi hokimiyat uchun siyosiy jihatdan muhim masalalardan biriga aylangan. Shu bois Tramp ma'muriyati benzin narxini pasaytirish orqali saylovchilar noroziligini yumshatishga intilmoqda.

    Boshqa yangiliklar