AsosiyJamiyat

Aeroportdan “shampun” ichiga dori yashirib o‘tayotganlar fosh qilindi

Ularning taxminiy qiymati 30 mln so‘mni tashkil etmoqda.

'Aeroportdan “shampun” ichiga dori yashirib o‘tayotganlar fosh qilindi'ning rasmi

Dehlidan uchib kelgan fuqaroning yo‘l sumkasi tekshirilganda, soch yuvish vositasiga ustamonlik bilan yashirilgan, belgilangan tartibda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlandi.Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Fuqaro shisha idishda jami 199 dona EUTRIG hamda ampula ko‘rinishidagi 120 dona SODIUM CHLORIDE INJECTION IP nomli dori vositalari, shuningdek, 19 dona stomatologiya uchun sement (plomba)ni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan. 

Ularning taxminiy qiymati 30 mln so‘mni tashkil etmoqda.  

Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, «Qizil» yo‘lak orqali o‘tadigan jismoniy shaxsda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan, yozma ravishda deklaratsiyalanishi shart bo‘lgan tovarlar borligi aniqlangan holatlarda, bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

    Boshqa yangiliklar

    'Kelgusi yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 17:45

    Kelgusi yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi

    Prezident huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    'Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 16:26

    Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

    Bunga qizchaning nazoratsiz qoldirilganligi sabab bo‘lgan.

    'Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 16:02

    Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 14:24

    Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

    2028 yil 1 yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

    'Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 12:26

    Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi

    Ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi.

    'Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonda eko-festivalda ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 12:14

    Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonda eko-festivalda ishtirok etdi

    Nukusda Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.