AsosiyJamiyat

27 nafar nemis tili fani o‘qituvchisi Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi

O‘qituvchilar 8 hafta davomida o‘zlarining til darajalari hamda kasbiy ko‘nikmalarini oshirishadi.

'27 nafar nemis tili fani o‘qituvchisi Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi'ning rasmi

Professional ta’lim muassasalarining bir guruh nemis tili fani o‘qituvchilari Germaniyaga malaka oshirishga yuborildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.

Hukumat qaroriga asosan, O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish hamda yoshlarni Germaniyada kasbiy ta’limga yo‘naltirishga ko‘maklashish maqsadida professional ta’lim muassasalarining 27 nafar nemis tili fani o‘qituvchilari Germaniyaning “TЕLC” til o‘qitish markazida malaka oshirish kursiga yuborildi.

16 oktyabr kuni malaka oshirishga saralab olingan nemis tili fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi va ushbu safardan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, kutilayotgan natijalar yuzasidan fikr almashildi. 

Xususan, o‘qituvchilar 8 hafta davomida Germaniyadagi “TELC” til o‘qitish markazida o‘zlarining til darajalari hamda kasbiy ko‘nikmalarini oshirishlariga mo‘ljallangan dastur mazmun mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda yuborilayotgan pedagoglardan malaka oshirish kursi davomida zamonaviy til o‘rgatish metodikasiga asoslangan intensiv tayyorlov kurslarida faol ishtirok etib, nemis tilini o‘qitishning eng so‘nggi uslublari, zamonaviy qo‘llanmalar va darsliklar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish kutilayotgani alohida ta'kidlandi.

O‘qituvchilar Toshkent xalqaro ayeroportidan mas’ul xodimlar hamrohligida Germaniyaning Berlin shahriga yo‘l oldilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:47

    O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda

    Temirchi, qolipchi va g‘isht teruvchilar murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

    'Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:21

    Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

    Yengil mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsning o‘zini tutishi shubhali ko‘ringan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:04

    'Kelgusi yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 17:45

    Kelgusi yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi

    Prezident huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    'Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 16:26

    Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

    Bunga qizchaning nazoratsiz qoldirilganligi sabab bo‘lgan.

    'Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 16:02

    Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.