AsosiyJamiyat

Boysundagi kon portlatilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "M-25" konida gaz chiqishini to‘xtatish maqsadida portlatish ishlari amalga oshirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

'Boysundagi kon portlatilgani rad etildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati mazkur xabar asossiz ekanini bildirdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, hozirda bunday choralarni amalga oshirish rejalashtirilmagan. Bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmaslik va tarqatmaslik so‘ralmoqda. 

Aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi yolg‘on va asossiz xabarlarni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanligi eslatib o‘tildi.

    Boshqa yangiliklar