Furqat tumanida Cobalt va Damas ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda ikki inson vafot etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Cobalt haydovchisi atrofni tuman qoplagan paytda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Ro‘paradan kelayotgan Damas haydovchisi esa uni payqamay qolgani sabab ayanchli YTH sodir bo‘lgan. Natijada Damas haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Cobalt haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.