Toshkent viloyatida 3 ta AYOQSHda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi.
Jumladan, Ohangaron tumanida joylashgan “D.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSH o‘rganilganda 4 dona ming litrlik yelim idishlarda dizel yoqilg‘isi saqlanayotganligi hamda nostandart yelim idishlarga dizel yonilg‘isi quyish holati aniqlandi.
Shuningdek, ushbu shoxobchada sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi holatlar Yangiyo‘l tumanida “S.F.B.” MCHJ va Parkent tumanida "P." fermer xo‘jaligiga qarashli AYOQSHlarda ham aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.