NATO‘ga a’zo yetti davlat Ukrainaning alyansga kirishiga qarshi bo‘lmoqda. Bo‘ haqda xorij OAVlari xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu g‘oyaga qarshi chiqayotgan davlatlarga Ukrainaning eng yirik tarafdorlari bo‘lmish AQSH va Germaniya yetakchilik qilmoqda. Vashington va Berlin Moskva bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urush olib borishdan xavfsiramoqda.
Bundan tashqari, Slovakiya va Vengriya ham Ukrainaning NATO‘ga qo‘shilishiga qarshi.
"Shuningdek, Ispaniya, Belgiya va Sloveniya Kiyevning alyansga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamayapti. Ushbu davlatlar buni AQSH va Germaniya ortiga yashiringan holda bildirishmoqda", — deydi NATO rasmiylaridan biri.