Bugun, 4 dekabr O`zbekiston Respublikasida muhim siyosiy jarayon Prezident saylovi bo`lib o`tmoqda. O`zbekistonnning ko`p sonli aholisi qatorida taniqli san`atkorlar, davlat va jamoat arboblari ham saylovda faol ishtirok etmoqda.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mavluda Asalxo`jaevaning bugungi muhim siysiy jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Mavluda Asalxo`jaeva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist:
— Men Yashnobod tumanidagi 360-saylov uchastkasida ovoz berdim. Erta tongdanoq aholimizning bu muhim siyosiy jarayonga faolligiga guvoh bo`ldim. Barchaning kayfiyati bayramona. Har birimiz bugun kelajagimiz uchun ovoz beryapmiz. Bu jarayonga befarq bo`lishga hech birimizning haqqimiz yo`q. Biz tanlagan nomzod, albatta ishonchimizni oqlaydi degan umiddaman.





