AsosiyJamiyat

"Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida xalqaro forumlar davom etmoqda

Haftalik doirasida “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida  xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

'"Xalqaro madaniy meros" haftaligi doirasida  xalqaro forumlar davom etmoqda'ning rasmi

Poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro madaniy meros haftaligi” doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida  xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forumni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish nutqi bilan ochib berib, “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar” to‘g‘risida taqdimot qildi.

Forumda xalqaro tashkilotlardan  TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Turkiy Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Mehmet Sureyya Er, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimkulova, shuningdek, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvchi va publist O‘g‘uz Yunus Isahon o‘g‘li, TURKSOY Yozuvchilar uyushmasi raisi, qozoq shoiri, jurnalist va muharriri, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan xodim Esdaulet Uluqbek, Qirg‘iziston xalqining “Muras” tarixiy-madaniy merosi jamg‘armasi raisi, taniqli tarixchi, publisist va jurnalist Moldokasimov Qiyos, Qozon davlat madaniyat instituti rektori Axmadiyeva Roza Shayxaydarovna,  Ege universiteti Adabiyot fakulteti Turk tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Fedekar Selami o‘z  ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shu bilan birga, Forumda IKOMOS eksperti Kristina Iamandi hamda Fransiya shaharsozlik unversiteti katta eksperti Erik Xyubert onlayn tarzda ishtirok etishdi.

“Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Tirik tarix” loyihasi taqdimoti, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi tomonidan chop etilgan “Turkiy tilli davlatlar milliy musiqa cholg‘ulari” kitobi taqdimoti, O‘zbek milliy cholg‘ulari ko‘rgazmasi hamda “Cho‘lpon” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:15

    Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

    Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

    'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

    Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

    'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:51

    Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

    Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.

    'Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:38

    Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

    Endilikda talabalardan talab qilinadigan dastlabki kontrakt to‘lovi yarmidan ikki baravarga qisqartirilib, to‘lovlar muddati yanada qulay tarzda qayta taqsimlandi.

    'O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    O‘zbekistonnning barcha masjidlarida yomg‘ir so‘rab “istiqso” namozi o‘qiladi

    Kuz faslida yog‘ingarchilik kuzatilmayotgani sababli Muftiy Nuriddin Holiqnazar tashabbusi bilan juma namozidan keyin butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir so‘rab duo va ikki rakat istisqo namozi ado etiladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:15