AsosiyShou-biznes

Lola: “Farzandlarim saylovni intizorlik bilan kutdi”

Xonanda Lola “PressClub: Elections-2016.uz” press-klubiga tashrif buyurdi va bugungi saylov kunidagi taassurotlari bilan bo`lishdi.

Lola, xonanda: 

—Biz bugun erta tongdanoq katta hayajon bilan uyg`ondik. Biz bu kunni juda uzoq kutdik va bu kunga uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rdik. Ayniqsa, farzandlarim har kuni “Biz qachon borib, o`z tanlovimizni amalga oshiramiz”, deb kun sanadi. Bugungi saylovda bizning ovozimiz katta ahamiyatga egaligini his etishning o`zi yoqimli. Biz bugun munosib nomzod, katta tajribaga ega bo`lgan inson uchun ovoz berdik.  U qisqa fursat ichida juda ko`p ishlarni amalga oshirdi. Men bu insonga ovoz berar ekanman, Vatanimning, oilam va farzandlarimning kelajagiga ishonaman. 

Hali saylovda ishtirok etishga ulgurmaganlarga esa, o`z oilangiz bilan tegishli saylov uchastkasiga boring va kelajak uchun ovoz bering, deyman. Buning uchun saylov uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilgan. Yosh onalar uchun ona va bola xonalari tashkil etilgan. Ko`zi ojizlar uchun ilk marta maxsus byulletenlar joriy qilingan.

Yurtimizda o`tkazilayotgan saylov, avvalgilaridan o`zining ochiq-oshkoralik ruhida o`tayotgani bilan farq qiladi. Prezidentlikka ko`rsatilgan barcha nomzodlarning saylovoldi kampaniyalari yuqori darajada tashkil etildi. Biz oddiy fuqaro sifatida Prezidentlikka nomzodlar haqida to`liq ma`lumot oldik va Yurtimizni kimning qo`liga topshirayotganimiz haqida aniq tasavvurga ega bo`ldik”

Boshqa yangiliklar