Xonanda Shahlo Ahmedova saylovda ishtiroki va ovoz berish jarayoni taassurotlari bilan o`rtoqlashdi.
Shahlo AHMEDOVA, bir qator xalqaro musiqiy tanlovlar laureati:
— Shu bugungi kungacha oilamizda bizning kelajagimiz uchun kim munosib, degan savol doirasida juda ko`p muhokamalar bo`ldi. Oilamizning har bir a`zosi bugungi muhim siyosiy jarayonda ishtirok etib, muhokamalardagi ana shunday savolga o`z javobini berdi. Men ham Chilonzor tumanidagi saylov uchastkasida bizning bugungi kundagi shunday marralarimizni, yutuqlarimizni, musaffo osmon, tinchligimizni asrab-avaylab, xalqimiz uchun jonkuyar bo`lgan munosib nomzod uchun ovoz berdim. Biz tanlagan nomzod albatta bildirilgan ishonchni oqlashiga ishonaman.