AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi

Yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindini yoqish orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

'O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi'ning rasmi

Sal avval Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishgan edi.

Shu kuni davlat rahbari tomonidan loyihalarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida urg‘u berilib, «Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri. Yer-suvlarimizning yaroqliligi ham, aholi salomatligi ham, havo tozaligiyu energetika barqarorligi ham shu sohaga bog‘liq. Chiqindilar to‘g‘ri to‘planib, ko‘proq qayta ishlansa, ekologik muvozanat yaxshilanadi, tabiat toza bo‘ladi, jamiyat o‘zgaradi», – deya ta’kidlangandi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklarining jami 6 ta yirik kompaniya o‘rtasida qo‘shma rivojlantirish shartnomalari imzolandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, umumiy qiymati 1,28 mlrd AQSH dollari miqdoridagi loyihalar natijasida qattiq maishiy chiqindilardan oqilona foydalanish ta’minlanadi. Yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindini yoqish orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, poligonlar soni besh barobarga qisqartirishiga erishiladi. 97 mlnAQSH dollari qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi. Shuningdek, bular orqali 152 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi hamda 2,4 mlntonna issiqxona gazlari kamayadi. 1 ming 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihalar 2025-2027 yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkentviloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar