Chilonzor tumanidagi "Novza" bekatida 12 noyabr kuni 21 yoshli A.A. metro ichida Z.O. ismli ayolning orqa qismiga jinsiy a'zosi bilan ataylab tegib, unga nisbatan shahvoniylik qilgan.
Sud majlisida u aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan bo'lsa-da, sud dalillarni to'liq tasdiqlangan deb topdi.
Natijada A.A. MJtKning 411-moddasi 1-qismi bo'yicha aybli deb topilib, 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.






