So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi keskin oshgani aholi o‘rtasida jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmqoda.
Mavjud vaziyatni bartaraf etish maqsadida Administratsiya rahbari topshirig‘iga binoan Ekologiya mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahrida keng ko‘lamli reyd tadbirlari boshlab yuborildi, deya yozmoqda UzA.
Reydlar davomida havo sifati monitoringi, havo ifloslanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillarni aniqlish va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilamoqda.
Ekologik me’yorlarni buzayotgan issiqxonalar, turli xil pechlar va havoga zararli moddalar chiqarayotgan korxonalar faoliyati Ishchi guruhi tomonidan tekshirilmoqda.
Atmosfera havosini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ekologik harakat boshlandi, deyiladi xabarda.






