AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzayev: “Tandirda non yopmay qo‘ygan ayollarda rak ko‘payapti”

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar o‘rtasida saraton kasalliklari ko‘payishini ularning tandirda non yopmasligi bilan bog‘ladi.

'Zoyir Mirzayev: “Tandirda non yopmay qo‘ygan ayollarda rak ko‘payapti”'ning rasmi

Uchrashuvda Mirzayev ayollar sog‘lig‘ida kuzatilayotgan muammolar haqida gapirar ekan, saraton kasalliklari oshishining sabablaridan biri sifatida ularning tandirda non yopmay qo‘yganini tilga oldi.

“Mahallalarga borganda, aylanamiz — tandir yo‘q, non yopilmaydi. Ilgarigi qora bug‘doydan qo‘shib yopiladigan non boshqacha edi. Xo‘jayinlarni ham bulkaga o‘rgatib oldik. Samarqandda ishlaganimda koreyalik doktor kelib, ayollarda saraton nima uchun ko‘payganini o‘rgangan — birinchi o‘rinda kamharakatlik turibdi”, — dedi Mirzayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tandirda non yopish jarayoni ayol organizmini qizitadi, qon aylanishini tezlashtiradi va bu “tomirlarni tozalashga yordam beradi”. Mirzayev bu holatni saraton xavfining kamayishi bilan bog‘lagandek chiqdi.

Shu bilan birga, mutaxassislar bunday da’volar ilmiy dalillarga tayanmasligini, rak kasalliklarining sabablari juda ko‘p omillar — genetika, muhit, ovqatlanish, yashash tarzi va kasbiy xavflar bilan bog‘liq ekanini ta’kidlashini eslash jo‘iz.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keskin chorakorlar ko‘rish boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    'Andy havo tozalagichlar uchun boj to'lamaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:03

    Andy havo tozalagichlar uchun boj to'lamaydi

    Hozirda O'zbekistonga maishiy havo filtrlari olib kirishda bojxona to'lovi undirilmaydi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 22:06

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.11.2025 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.