AsosiyDunyo

“Tolibon” ham Trampning saylovdagi g‘alabasiga munosabat bildirdi

“Tolibon” Trampning g‘alabasidan so‘ng Qobul va Vashington o‘rtasida “yangi bob” ochilishiga umid bildirdi.

'“Tolibon” ham Trampning saylovdagi g‘alabasiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati Donald Trampning saylovdagi g‘alabasidan so‘ng Oq uy boshqaruvi yangi ma’muriyatga o‘tgach, Qobul va Vashington o‘rtasida “yangi bob” ochilishiga umid bildirdi. Bu haqda bugun, 6 noyabr kuni muvaqqat hukumat Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdul Qohir Balxiyga tayanib, “Ariana news” xabar berdi.

Bildirilishicha, vazirlik kelajakda Donald Tramp prezident bo‘lishi bilan AQSH hukumati o‘z maqsadlariga yetish uchun real qadamlar qo‘yishini hamda Qobul va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda sezilarli taraqqiyotga erishishiga umid qilmoqda.

Balxiy, shuningdek, “Tolibon” ikki davlat o‘rtasida o‘zaro munosabatlar asosida yangi bir bosqichni boshlash umidida ekanini bildirgan. Bundan tashqari, u Afg‘oniston va AQSH o‘rtasidagi Doha kelishuvi Donald Trampning prezidentligi davrida imzolanganini, shundan so‘ng Afg‘onistonda 20 yillik bosqinchilik tugaganini qayd etgan.

“Tolibon” Trampning mintaqadagi va dunyodagi hozirgi urushlarni, xususan, G‘azo va Livandagi ziddiyatlarni yakunlashda konstruktiv rol o‘ynashiga umid qilmoqda”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 24.12.2024 20:49

    Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi

    Minora hozirda tashrif uchun yopiq.

    'Rossiyaga tegishli yuk kemasi O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 24.12.2024 16:16

    Rossiyaga tegishli yuk kemasi O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketdi

    U Suriyadagi rus harbiylarini ta’minlab kelgani aytilmoqda.

    'Turkiya yangi Suriya hukumatiga 300 ming kishilik armiya tuzishga yordam beradi'ning rasmi

    Dunyo 24.12.2024 14:29

    Turkiya yangi Suriya hukumatiga 300 ming kishilik armiya tuzishga yordam beradi

    General Ahmad Usmon buni mamlakat ichidagi qiyin vaziyat va Isroil tahdidi tufayli zarur deb tushuntirdi.

    'AQSH hukumati faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi - Tramp'ning rasmi

    Dunyo 23.12.2024 22:21

    AQSH hukumati faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi - Tramp

    Shuningdek u erkaklarni ayollar sportida ishtirok etishga yaqinlashtirmaslikka va’da bergan.

    'Rossiyada YouTube bloklandi(mi?)'ning rasmi

    Dunyo 23.12.2024 16:50

    Rossiyada YouTube bloklandi(mi?)

    Bunga sabab sifatida platformaning bir qator qonunlarni buzgani va Rossiya OAV va san’atkorlarining akkauntlarini o‘chirib tashlashi ko‘rsatilgan.

    'Rossiya Shimoliy Koreya askarlariga soxta hujjatlar bermoqda'ning rasmi

    Dunyo 23.12.2024 14:54

    Rossiya Shimoliy Koreya askarlariga soxta hujjatlar bermoqda

    Hujjatlarda ularning yashash joyi sifatida Tuva Respublikasi ko‘rsatilgan, lekin koreys tilidagi shaxsiy imzolar qo‘yilgan.