Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning nabirasi bo`lmish Garri shahzoda bo`lishning yaxshi va yomon tomonlari haqida gapirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
U bu haqda Karibga qilgan tashrifida ma`lum qildi.
Gayanada yashovchi mahalliy qizlardan biri Garrining Britaniyadagi hayoti haqida qiziqib, savol berdi. Avvaliga u Bukengem saroyi haqida so`radi. Garri bu qarorgohda kam bo`lishi, u erda asosan qirolicha ko`p vaqtini o`tkazishini, bundan tashqari saroy taomlari juda mazali ekanligi haqida so`zlab berdi.
Qiz shahzodadan Angliyani boshqarishni nimaga qiyoslash mumkin, deb so`raganda, Garri “Men hali mamlakatni boshqarayotganim yo`q”, deb javob berdi.
Shahzodalikning yaxshi va yomon tomonlari haqida esa “Albatta, shahzodalikning ham o`ziga xos yaxshi tomonlari ko`p. Shahzoda hayotning faqatgina yaxshi tomonlarini ko`rishi va odamlarga quvonch ulashishi kerak bo`ladi”, dedi.
7 countries





