AsosiyShou-biznes

Birinchi Prezidentimiz Farmoniga asosan bir guruh san`atkorlarga berilgan mukofotlar bugun topshirildi

Joriy yilning 24 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni imzolangan edi. 

Unga ko`ra, xonandalar Ulug`bek Rahmatullaev, Rixsiboy Aliev, Azat Bekmuratov, Ma`sumaxon Boltaboeva, Kirill Borchaninov, Sayyora G`afurova, Milena Madmusaeva, Ra`no Mustafoeva, Bahodir Nishonov, Nodira Pirmatova, Mehri Hakimova, Nigina Shorahmetovalar “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist” unvonlari bilan taqdirlanishgandi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti farmoniga asosan aktrisalar Zuhra Ashurova hamda Gavhar Zokirova “O`zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangandilar.

O`zbekiston xalq artisti Erkin Komilov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. 

Bugun san`atkorlarga mazkur mukofotlar tantanali ravishda topshiriladi.

Boshqa yangiliklar