AsosiySiyosat

O‘zbekiston: jadal islohotlar va jahon miqyosidagi e’tirof Euronews nigohida

Euronews telekanali muntazam ravishda Yangi O‘zbekiston haqidagi materiallar va videolavhalarni e’lon qilish orqali keng auditoriyaga mamlakatning boy tarixiy va madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari hamda keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida ma’lumot yetkazishga ko‘maklashmoqda.

'O‘zbekiston: jadal islohotlar va jahon miqyosidagi e’tirof Euronews nigohida'ning rasmi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi jadal islohotlar va o‘zgarishlar tufayli xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortmoqda.

Bu o‘zgarishlar mamlakatdagi ichki jarayonlarga chuqur ta’sir ko‘rsatib, chet el jamoatchiligi nigohida uning yangi qiyofasini shakllantiryapti. Euronews telekanali muntazam ravishda Yangi O‘zbekiston haqidagi materiallar va videolavhalarni e’lon qilish orqali keng auditoriyaga mamlakatning boy tarixiy va madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari hamda keng qamrovli islohotlar to‘g‘risida ma’lumot yetkazishga ko‘maklashmoqda.

 Euronews saytidagi "O‘zbekistondagi jadal islohotlar jahon e’tiborini jalb etmoqda" sarlavhali maqolada mamlakatning xalqaro maydonga chiqishi, Pryezident Mirziyoyev islohotlari siyosat, iqtisodiyot va fuqarolik jamiyatini tubdan o‘zgartirib, sezilarli xalqaro qiziqish uyg‘otayotgani tahlil qilingan. "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yilda prezidentlikka saylangani demokratlashtirish, iqtisodiy rivojlanish va global hamkorlikka yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlarning boshlanishi bo‘ldi. Bu islohotlar o‘tgan yili O‘zbekiston umumxalq referendumi orqali yangi Konstitutsiyani qabul qilganda yanada mustahkamlandi. Unda butun mamlakat fuqarolarining fikr-mulohazalari inobatga olindi, bu esa mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tishini jadallashtirdi," deya ta’kidlanadi Euronews materialida.

Material O‘zbekiston Barqaror rivojlanish markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan mahalliy tadqiqot muassasalari, tahliliy markazlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda oktyabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligini yoritadi. “Tadbir O‘zbekistonning ochiqligi ramzi bo‘ldi: unda siyosiy, ijtimoiy, madaniy, diplomatik va iqtisodiy sohalardagi xalqaro ekspertlar, jumladan, Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zolari va taniqli diplomatlar ishtirok etdi," — deyiladi xabarda. "O‘zbekiston islohotlari uni boshqaruv sohasida yetakchiga aylantirmoqda, liberal va islohotlarga yo‘naltirilgan partiyalarning yaqinda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridagi g‘alabasi esa mamlakat nafaqat so‘zda, balki amalda ham demokratik o‘zgarishlarga intilayotganini ko‘rsatdi."

 Tashqi siyosat masalasi ham jurnalistlar uchun dolzarb masala hisoblanadi. Sharq va G‘arbni bog‘lovchi hamkorlik munosabatlari tufayli O‘zbekiston savdo, madaniy almashinuv va birgalikda rivojlanish uchun yangi yo‘nalishlarni ochmoqda, qo‘shni davlatlar bilan ham, jahon davlatlari bilan ham aloqalarni mustahkamlamoqda. Serbiyaning sobiq prezidenti Boris Tadich ushbu trendning mamlakat kelajagi oldidagi majburiyat sifatida muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u o‘z izohlarida O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi yaqinroq aloqalarning o‘zaro foydasini ta’kidladi, chunki O‘zbekiston yoshlari texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik uchun muhim manba hisoblanadi. "Biz hamkor sifatida bir-birimizga kerakmiz," — dedi u. Gdansk universiteti professori, gender tenglik bo‘yicha ekspert Malgojata Stvol bu yutuqlarni yuqori baholadi: "So‘nggi yillarda O‘zbekiston xotin-qizlarning turli sohalarda ishtirokini kengaytira boshladi. Ayollar siyosiy yetakchi sifatida saylov jarayonlarida tobora ko‘proq ishtirok etmoqda," — dedi u.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlar boshlanganidan buyon O‘zbekistonning mamlakatni boshqarishda ochiqlik va zamonaviy yondashuvlarga sodiqligini ta’kidladi. Bu o‘zgarishlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va xalqaro integratsiyani modernizatsiya qilishni, balki madaniy aloqalarni kuchaytirishni ham o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Turizm qo‘mitasi va Uzbekistan Travel kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik media kompaniya tomonidan mamlakatdagi madaniy va iqtisodiy o‘zgarishlarni yorituvchi bir qator maqolalar va videolavhalar tayyorlandi va e’lon qilindi.

 Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat haqida hikoya qiluvchi Euronews dasturi eng yorqin nashrlardan biriga aylandi. U tomoshabinlarni Samarqand va Buxoro kabi qadimiy o‘zbek shaharlarining tarixi bilan tanishtirdi. Tomoshabinlarga "Afrosiyob" tezyurar poyezdida noyob sayyohlik yo‘nalishi bo‘ylab sayohat qilish, Afrosiyob arxeologik yodgorligi singari tarixiy joylarga tashrif buyurish va Bog‘izog‘ondagi ko‘p asrlik sharob tayyorlash an’analarini o‘rganish imkoniyati taqdim etildi.

 Butun dunyo sayyohlari Euronews tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston pazandachilik san’atiga bag‘ishlangan maxsus materiali orqali mamlakatning gastronomik an’analariga oshno bo‘lishlari mumkin."Degustatsiya an’analari: O‘zbekistonda gastronomik turizm" nomli maqolada mashhur o‘zbek taomlari haqida umumiy ma’lumot berilgan. Jumladan, mamlakatning oshpazlik boyligi hisoblangan va har bir hududda o‘ziga xos tayyorlanish usullariga ega bo‘lgan palov haqida ham batafsil hikoya qilingan.

 

 Yana bir material asrlar davomida O‘zbekiston uchun madaniy ahamiyatini saqlab kelayotgan qadimiy san’at — ipakchilik haqida hikoya qiladi. "Unraveling the art of silk production in Uzbekistan" maqolasida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan va bugungi kunga qadar mamlakatning tashrif qog‘ozi bo‘lib qolayotgan ipak ishlab chiqarishning an’anaviy usullari haqida so‘z boradi.

 

O‘zbekiston kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish, madaniy merosni targ‘ib qilish va xalqaro konferensiya va forumlarni tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlari bilan jahon hamjamiyati e’tiborini jalb qilishda davom etmoqda. "O‘zbekiston kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasini o‘tkazmoqda: Global kreativlik kelajagini shakllantirish" nomli maqolaning diqqat markazida globallashuv sharoitida kreativ sektorni rivojlantirish va uning barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi istiqbollari bilan bog‘liq masalalar bo‘ldi. O‘zbekiston o‘zining boy tarixi va zamonaviy islohotlardan ilhomlanib, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va san’at sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 "O‘zbekiston merosi: Samarqand kongressi Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining ahamiyatini ta’kidlaydi" va "Xalqaro darajadagi olimlar O‘zbekistonning madaniy tiklanishini qo‘llab-quvvatlamoqda" kabi bir qator reportajlar O‘zbekistonning madaniy tiklanish sohasidagi sa’y-harakatlarining xalqaro miqyosda e’tirof etilishi va qo‘llab-quvvatlanishiga bag‘ishlangan. Islom sivilizatsiyasi markazining ulkan vazifasini ro‘yobga chiqarishga buyuk o‘zbek ajdodlarining jahon sivilizatsiyasi xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga namoyish etishga qaratilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida yaqin kunlarda Euronews telekanalida qadimiy O‘zbekistonning buyuk siymolari va ularning bebaho merosi haqida so‘zlovchi maxsus videoroliklar efirga uzatiladi. Bundan tashqari, bugun kechqurun Islom sivilizatsiyasi markazi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, shuningdek, mamlakatning yetakchi muzey va kutubxonalari bilan hamkorlikda tashkil etgan Madaniy meros haftaligi haqida maxsus reportaj namoyish etiladi. Ushbu reportaj O‘zbekistonning ajoyib tarixi va boy madaniy an’analarini yoritib berishga hamda mamlakatning noyob merosini jahon auditoriyasiga targ‘ib qilish borasidagi sa’y-harakatlarini ta’kidlashga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2024 11:06

    Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

    Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

    'Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2024 12:01

    Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident

    Davlat rahbari yuqori palatani bu bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

    'Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi'ning rasmi

    Siyosat 18.11.2024 11:53

    Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

    Mavluda Xodjayeva spikerning birinchi o‘rinbosari, Rahimjon Hakimov spiker o‘rinbosari etib saylandi.

    'Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 19:59

    Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi

    Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    '2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 17:41

    2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari

    O‘zbekiston ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.

    'Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 08:51

    Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi

    Markaz faoliyati yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.