ET Online nashri 2016 yil davomida qizil yo`lakchadan o`tgan yulduzlarning eng zo`r 17 libosi ro`yxatini taqdim etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
“Aslzodalar hayoti” filmi premerasida Carolina Herrera brendining mini-ko`ylagini kiygan aktrisa Bleyk Layvli nashrning e`tiborini tortdi.
Londonda o`tkazilgan “Doktor Strenj” filmi premerasiga tashrif buyurgan , Elie Saab brendining uzun va shaffof libosini kiygan Reychel Makadams ham nazardan chetda qolmadi.
“Oskar” mukofoti taqdimoti marosimida aktrisa Jennifer Garnerning Atelier Versace brendiga tegishli va mazkur brendning yana bir libosini “Gremmi” mukofoti taqdirlash marosimida kiygan xonanda Teylor Sviftlarning libosi – eng zamonaviy liboslar ro`yxatidan o`rin oldi.
“Oltin globus” taqdimotida xonanda va aktrisa Jennifer Lopes Giambattista Valli brendining va Met Gala balida Zac Posen brendining qorong`ilikda nur taratuvchi ko`ylagini kiygan Kler Deynslarning liboslari ham chiroyli liboslar ro`yxatiga kiritildi.
Glamour jurnalining “Yil ayoli” taqdimot marosimida Marchesa brendining libosini kiygan xonanda Gven Stefani “malikalar uslubidagi libos sohibasi” unvoniga sazovor bo`ldi.
Blake Lively, Kylie Jenner & Jennifer Garner top our list of 17 best red carpet looks of 2016! See who else made it: https://t.co/4oV2yOVyha pic.twitter.com/CmqAX8UZuW
— EntertainmentTonight (@etnow) 5 dekabrya 2016 g.