AsosiyJamiyat

O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev Avstriyaning saylangan Federal prezidentiga tabrik yo`lladi

O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev Aleksandr Van der Bellenni Avstriya Respublikasi Federal prezidenti etib saylanganligi bilan tabrikladi.

Maktubda ta`kidlanganidek, mamlakatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi sermahsul hamkorlikni izchil rivojlantirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Shavkat Mirziyoev Aleksandr Van der Bellenning yuqori lavozimdagi faoliyati mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga yo`naltirilgan O`zbekiston va Avstriya o`rtasidagi har ikki tomon manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olishga asoslangan an`anaviy do`stona va yaqin munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

    Boshqa yangiliklar