AsosiyJamiyat

Issiqxonalarga tabiiy gaz bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas

Jamoatchilik faollari Toshkent tumanidagi 26 ta issiqxona gaz bo‘lishiga qaramasdan nega ko‘mir, o‘tin va hashak yoqayotgani bilan chiqizmoqda.

'Issiqxonalarga tabiiy gaz bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas'ning rasmi

EVazirlar Mahkamasining 2024 yil 31 maydagi 319–son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga asosan issiqxonalar tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin bo‘lib, ularga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bu haqida Energetika vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirib, tabiiy gazdan foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi.

Jamoatchilik faollari esa, Toshkent tumanidagi 38ta issiqxonadan 9tasi ishini to‘xtatganini sababi bilan qiziqmoqda.

Nega to‘xtatadi, gaz borku, cheklov kiritilmaganku, 26tasi gaz bo‘lishiga qaramasdan nega ko‘mir, o‘tin va hashak yoqmoqda?, - degan savolni o‘rtaga tashlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar