Hujjat bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga bir qator o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritilmoqda. Xususan, 74-modda (suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish) to'ldirilib, aholi punktlari hamda tuman va shahar markazlaridagi ariq va irrigatsiya tizimlarini ko'mib tashlash uchun:
fuqarolarga – bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobaridan 3 barovarigacha (412 ming so‘mdan 1 million 236 ming so‘mgacha)
mansabdor shaxslarga – 5 barovaridan 10 barovarigacha (2 million 60 ming so‘mdan 4 million 120 ming so‘mgacha) jarima belgilanadi.
Shuningdek, sun'iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to'planadigan joylar, havzalar va boshqalar) hamda boshqa sun'iy suv obyektlaridan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish, suvdan bee'tiborlik bilan foydalanish, gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarish ham jarimaga sabab bo'ladi.
Amaldagi qoidalarga ko'ra, fuqarolarga BHMning 1 barobaridan 3 barovarigacha, mansabdor shaxslarga 5 barovaridan 10 barovarigacha jarima solinsa, 28-iyundan boshlab ushbu miqdor:
fuqarolar uchun – BHMning 3 barovaridan 5 barovarigacha (1 million 236 ming so‘mdan 2 million 60 ming so‘mgacha)
mansabdor shaxslar uchun – 7 barovaridan 10 barovarigacha (2 million 884 ming so‘mdan 4 million 120 ming so‘mgacha) bo'ladi.
Agar yuqoridagi huquqbuzarliklar bir yil ichida takror sodir etilsa, jarima miqdori yanada oshiriladi:
fuqarolar uchun – BHMning 5 barovaridan 7 barovarigacha
mansabdor shaxslar uchun – 10 barovaridan 20 barovarigacha (8 million 240 ming so‘mgacha) jarima solinadi.






