1

O`zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida Prezident farmoni imzolandi

Jamiyat 07.12.2016, 10:23
Teglar: O`zbekiston, Prezident farmoni
O`zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida Prezident farmoni imzolandi

O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Mazkur hujjat mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog`i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to`liq va samarali foydalanish, turizm tarmog`ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ`ibot qilish, turizm sohasida O`zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida qabul qilindi. 

Unga ko`ra, turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o`zaro bog`liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning etakchi kuchiga aylanishi lozim bo`lgan iqtisodiyotni diversifikasiyalash, tarkibiy o`zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy byudjet daromadlarida turizmning ulushini ko`paytirish, ish bilan bandlikni ta`minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo`yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari sifatida belgilandi.

Shuningdek, turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o`zaro bog`liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning etakchi kuchiga aylanishi lozim bo`lgan iqtisodiyotni diversifikasiyalash, tarkibiy o`zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy byudjet daromadlarida turizmning ulushini ko`paytirish, ish bilan bandlikni ta`minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo`yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Farmonda turizm industriyasi sub`ektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga yo`naltirilgan turizm faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, turizmning rivojlanishidagi barcha to`siq va g`ovlarga barham berish, viza va ro`yxatdan o`tkazish tartib-taomillarini, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish, turizm sohasini davlat tomonidan boshqarish va bozorga xos tarzda tartibga solish mexanizmini maqbullashtirish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag`batlantirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm sohasida statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1