O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida havo iliq bo‘ladi. 25-27 noyabr kunlari harorat asosan kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 darada iliq, janubda kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 2-7 daraja sovuq bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat 7-12 daraja iliqdan oshmaydi.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida 26 noyabr kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi boshlanadi.
28-29 noyabrda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 28 noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Yomg‘ir yog‘ishi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28 noyabrda harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 29 noyabrda haroratning pasayishi boshlanadi, kunduz kungi harorat 10-13 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
28 noyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida, 28-29 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Poytaxtimizda: 25-28 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 4-7 daraja iliq, 28 noyabrda 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq bo‘ladi.
29 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 10-13 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.