1

Afsonaviy Irina Rodnina Milliy olimpiya qo`mitasida mehmon bo`ldi

Sport 07.12.2016, 11:45
Teglar: Sport
Afsonaviy Irina Rodnina Milliy olimpiya qo`mitasida mehmon bo`ldi

Sportning muzda nafis uchish turida uch karra Olimpiya o`yinlari va o`n karra jahon chempioni Irina Rodnina O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasiga tashrif buyurdi. Ushbu afsonaviy sportchini butun dunyo sport muxlislari juda yaxshi bilishadi.

Figurali uchishning juftliklar baxslari tarixida eng omadli ayol sportchi hisoblanadigan Irina Rodnina 1969 yildan 1980 yilga qadar o`zi ishtirok etgan birorta musobaqada mag`lub bo`lmagan va faqat birinchi o`rinda qayd etilgan. Bu xoh jahon yoki Evropa chempionati bo`lsin, xoh Olimpiya o`yinlari bo`lsin ularning barchasida Rodnina dastlab A. Ulanov bilan keyinchalik esa A. Zaysev bilan juftlikda faqat oltin medallarga sazovor bo`lgan.

Shu yil sentyabrda 67 yoshni qarshi olgan Rodnina ayni paytda siyosiy faoliyatini davom ettirmoqda va Rossiya Davlat dumasining deputati hamda “Edinaya Rossiya” partiyasining Bosh kengashi a`zosi sifatida poytaxtimizga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgandi. 

- “Mamlakatingizga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish, ushbu muxim siyosiy jarayonda bevosita ishtirok etish uchun etib kelgandim. Avvalo shuni ta`kidlab o`tishni istardimki saylov har jixatdan ochiqlik va demokratik tamoyillar asosida o`tkazildi. U har tomonlama xalqaro standartlarga mos tarzda tashkil etildi. Qisqa vaqt ichida saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish uchun juda katta xajmda ish olib borilganligi meni xayratda qoldirdi.

Toshkentda bo`la turib Milliy olimpiya qo`mitasining binosiga tashrif buyurmasdan keta olmasdim. Ochig`i qo`mitaning yangi binosiga, qolaversa bu maskanda xizmat qilayotgan xodimlarga juda havasim keldi. Rossiya Milliy olimpiya qo`mitasi xaqida gapiradigan bo`lsam albatta bizga bunday xashamatli inshoot va uning ichida nihoyatda jiddiy tibbiy labaratoriya va markaz etishmaydi.

Bejizga o`zbek sportchilarining Olimpiya o`yinlarida qo`lga kiritayotgan yutuqlar zalvori bu qadar tez suratlarda yuksalib ketmaganiga bevosita guvoh bo`lib turibman. Albatta mamlakatingizda davlat va hukumat rahbarlari tomonidan sportga ko`rsatilayotgan bunday yuksak e`tibor besamar ketmaydi. Oddiygina misol, Rio-de-Janeyroda o`zbekistonlik sportchilar 13 ta medalni qo`lga kiritishdi va men bugun bu erga tashrif buyurib shunga amin bo`ldimki bu hali xammasi emas, o`zbek sportining salohiyati yil sayin yuksalib borishiga ishonaman” – dedi Irina Rodnina Milliy olimpiya qo`mitasi va uning qoshidagi tibbiy markazni ko`zdan kechirgach.

Tashrif nihoyasida jahon sportining moziydagi yulduzi Milliy olimpiya qo`mitasining tilaklar kitobiga o`zining dil izhorlarini yozib qoldirdi.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati

Sharhlar

Mashhur sport sharhlovchisi Vladimir Safarov vafot etdi

14.07.2021, 17:37

O`zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov bugun, 14 iyul kuni 82 yoshida vafot etdi. Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida...
Nigina O`ktamovaga "Nexia 3" avtomobili sovg`a qilindi. U boks bo`yicha jahon chempionligiga erishgan ilk o`zbek qizi

26.04.2021, 17:54

Avvalroq, Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O`ktamova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo`lib va...
Germaniyaning nufuzli sport saytida o`zbek tadqiqotchisi haqida maqola chop etildi

27.02.2021, 22:07

Germaniyaning nufuzli sport sayti O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika ixtisosligi o`qituvchisi va murabbiyi, mustaqil tadqiqotchi Rashid Burnashev haqida maqola chop etdi....
Toshkentda dzyudo bo`yicha xalqaro qo`shma o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkaziladi

04.11.2020, 11:35

4-24 noyabr kunlari poytaxtimizda dzyudo bo`yicha beshta davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro qo`shma o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkaziladi. Ushbu yig`inda yurtimiz dzyudochilari bilan birga Gruziya, Fransiya, Qirg`iziston...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1