AQShning Ogayo shtatida BAAlik talaba otib o`ldirildi.
Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. 26 yoshli Saif Nosir Muborak Alameri Klivlend shahridagi Keys Vestern Rezerv universitetida tahsil olar edi.
Ma`lumotlarga ko`ra, u trassada avtomobilni katta tezlikda va tez-tez yo`laklarni almashtirgan holda boshqarib borayotgan edi. Shuning uchun u boshqa bir avtomobilga zarar etkazdi. Oqibatda esa jabrlanuvchining avtomobili ag`darilib ketdi.
Shundan so`ng Alameri mashinasini tashlab, voqea joyidan ketib qolgan. Hodisa yuz bergan joyga etib kelgan polisiyachilar aybdorni qidira boshlagan.
Alameri polisiyaga bo`ysunishni istamay, qarshilik ko`rsatgan. Shu sababli polisiyachilardan biri BAAlik talabaga qarata o`q uzishga majbur bo`lgan. Talaba voqea joyida halok bo`lgan. Polisiyachi esa tan jarohati olgani bois shifoxonaga joylashtirilgan.