O`zbekistonlik FIFA referisi Anna Sidorova va hakam yordamchisi Zilola Rahmatova qizlar o`rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 saralash bosqichida ishlaydi.
O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, qizlar o`rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 saralash bosqichi 2016-yilning 20–24 dekabr kunlari Myanmaning Yangon shahrida bo`lib o`tadi.
Anna Sidorova va Zilola Rahmatova saralash bosqichining “S” guruhidan o`rin olgan bellashuvlarida ishlaydi.





