AsosiyJamiyat

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov yangi lavozimni egalladi

Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

'Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov yangi lavozimni egalladi'ning rasmi

SSV sobiq rahbari Anvar Alimov Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Anvar Alimov 1978 yilda hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot institutini  tamomlagan. Turli yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida dekan, Prezident devonida konsultant, yetakchi konsultant, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri (2012—2016 yillar), Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Botirbek Isabekov Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Botirbek Isabekov 2001 yilda Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2003 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining ordinatura bosqichlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Uchtepa tumanidagi 30-son oilaviy poliklinika hamda ushbu tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor muovini, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. 

Tayinlovga qadar u Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:58

    Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

    FVV hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini yozmoqda.

    'Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 17:32

    Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda

    Ushbu yuksak darajadagi tadbirga dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli olimlar, muftiylar, islomshunoslar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

    'Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 16:56

    Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi

    Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    'Bu yil yangi Al-Xorazmiy universiteti ish boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 15:44

    Bu yil yangi Al-Xorazmiy universiteti ish boshlaydi

    Universitetda matematika, informatika, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi hamda sun’iy intellekt fakultetlari bo‘ladi.

    '"O‘zgidromet" ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 13:00

    "O‘zgidromet" ogohlantirish bilan chiqdi

    8 ta viloyat vholisidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

    'Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 06:30

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

    2024–yildan hozirgi vaqtga qadar 40 nafardan ortiq voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari respublikaga olib kelingan.