1

Tanamizni kasalliklardan ogohlantiruvchi 10 holat

Salomatlik 09.12.2016, 10:06
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Tanamizni kasalliklardan ogohlantiruvchi 10 holat

1.    Yorilgan lablar. Lablar qurib, yorilsa, shuningdek sochlar ham to`kila boshlasa, bu B2 vitaminining etishmovchiligi haqida jiddiy darak bo`lishi mumkin. Tuxum, eryong`oq, soya qaylasi, nok, gulkaram, pomidordan ko`proq iste`mol qilsangiz, yo`qotilgan vitamin o`rnini tezda tiklaysiz.

2.    Tildagi oqlik. Aslida, odam och qolganda, shamollaganida til yuzasi oqish tusga kiradi. Ammo oqish tilning cheti qizarib qolishi gastrit alomatlaridan biri hisoblanadi. Bunday hollarda, albatta, shifokor ko`rigidan o`tish lozim.

3.    Tildagi och kulranglik. Til yuzasidagi bunday holat oshqozon-ichak faoliyati buzilganidan dalolatdir. Shu bilan birgalikda, teri qurishi, lablar shishib ketishi kuzatilsa, organizmingizning temir moddasiga bo`lgan ehtiyoji kuchaygan bo`lishi mumkin. Zarur choralar: kamroq qahva iching, choy esa suyuq damlangan bo`lsin, shuningdek ko`proq petrushka, jigar, baliq, olma va sitrus mevalardan eng.

4.    Og`iz bo`shlig`idagi quruqlik. Tananing ruhiy zo`riqish va tashvishlarga bo`lgan normal reaksiya. Agar quruqlik uzoq vaqt davom etsa, sizga B3 vitamini etishmayotgan bo`ladi.  Bu vitamin tovuq go`shti, yong`oqlar va mol go`shtida ko`p.  Ba`zi hollarda og`iz bo`shlig`idagi quruqlik qandli diabetning boshlanayotganidan darak berishi mumkin. Shu sababli muammoga e`tiborsizlik qilmang.

5.    Og`iz bo`shlig`idan hid kelishi. Agar bu holat tishlar tozaligiga va boshqa omillarga bog`liq bo`lmasa, darrov qondagi qand miqdorini aniqlang, buyrak va jigarning holatini tekshirish uchun tahlillar topshiring. Surunkali bronxit bilan kasallangan bemorlarda ham og`izdan hid kelish holatlari kuzatiladi.

6.    Terining sho`ralashi, po`st tashlashi. Organizmga A va B2 vitaminlari etishmayotganidan darak. To`g`ri va vaqtida ovqatlanish bu yoqimsiz holatni bartaraf etadi. Agar teri sho`ralashi qichishish bilan birgalikda kuzatilsa, zamburug`li kasallikning belgisidir, ehtimol. Tezda shifokorga murojaat qiling.

7.    Limfa tugunlarining kattalashishi. Odatda, bunday holat shamollaganda kuzatiladi. Shifokorga tashrif qilishni kechiktirmang.

8.    Peshob rangining o`zgarishi. U to`q tusga kirgan bo`lsa, shunchaki bir kunlik me`yordan kam miqdorda suv ichayapsiz. Ammo to`q rangli peshob ajralishi yuqori harorat va xorg`inlik bilan birgalikda kuzatilsa, sizda tanosil kasalliklari avj olayotganining belgisi bo`lib, shoshilinch ravishda urolog shifokor ko`rigiga boring.

9.    Burundan tez-tez qon ketishi. Doimiy ravishda qon bosimini o`lchab boring, agar qon bosimingiz yuqori bo`lsa, sababi — gipertoniya, davolaningg. Agar qon bosimi me`yorda bo`lsa, demak sizga K vitamini  etishmayapti. Taomnomangizda karam va ismaloqni ko`paytiring.

10.  Ko`p terlash. Qalqonsimon bezni tekshirtiring. Agar tunda juda qattiq terlayotgan bo`lsangiz, asablaringiz qattiq charchagan. Shifokor maslahati bilan tinchlantiruvchi dorilardan iching. Tanangizdagi o`zgarishlarga etiborliroq bo`ling. Kasallikni davolagandan ko`ra uning oldini olgan ma`qul.

 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1