1

Sandra Bullokning 11ta hayotiy qarashi

Shou-biznes 09.12.2016, 10:17
Teglar: Aktrisa
Sandra Bullokning 11ta hayotiy qarashi

Amerikalik aktrisa, «Ko`rinmas qism» filmdagi roli uchun «Oskar» va «Oltin Globus» sovrindori, bir qancha nufuzli mukofotlar egasi Sandra Bullok 1964 yili Vashingtonda dunyoga kelgan.

1.         «Men har qanday qiyin vaziyatda o`zimga «agar bu ishing o`xshasa, sen o`zgacha bir yangilikning bir qismiga aylanasan» deyman».

2.         «Mening qo`llarim shunchalik katta va qo`polki, bunday qo`llar bilan kartoshka kavlash kerak deb o`ylayman».

3.         «Kiyim xarid qilayotganimda u menga bir qo`rishimdayoq yoqishi kerak, aks holda men uni bir martadan ortiq kiymayman».

4.         «Men optimistman va bilamanki qora chiziqlar ortidan, albatta, oq chiziqlar paydo bo`ladi».

5.         «Qahva ichish odatini tashladim. Bu men uchun sevgan insonimdan voz kechishdan ham qiyin bo`ldi».

6.         «Ayni dam yuragim egasi 6 yoshli asrab olingan o`g`lim Luisdir. Har tong farzandim borligidan, uning qanday ulg`ayotganini ko`rish baxti nasib qilganidan quvonaman».

7.         «Bolalagim juda baxtli o`tgan, otam xarbiy, onam esa opera kuychisi bo`lganlar. Ko`p vaqtim teatrda onam yonida o`tardi. Opam ikkimizga «amerikacha tarbiya» ya`ni: sizlar qirolichasizlar, asosiy maqsadingiz turmushga chiqib, oila qurish, farzand tarbiyalash deb  uqtirishmagan. Ota- onam hayotdagi asosiy narsa bu o`ziga xoslik, derdi. Biz deyarli televizor ko`rmaganmiz, sariq matbuotni o`qimas edik. Xonamizda gollivud aktrisalari rasmi emas Rudolf Nureev va Mixail Barishnikov suratlari osig`liq turardi».

8.         «Mening xobbiyim uy sotib olish, uni ta`mirlash, o`zgartirish. Agar kinoda o`ynamaganimda, o`zimni arxitekturaga bag`ishlagan bo`lar edim».

9.         «Gravitasiya» filmida tasvirga tushayotganimda o`g`lim Lui uchun suratga olish pavilonida kichik bolalar maydonchasi qurdirishni talab qilganman. Chunki  o`g`limni xavfsiz joyda ekanligini ko`rib turishim kerak edi».

10.         «Bu dunyoda vizajistlar bor ekan, go`zalligim xaqida qayg`urmayman».

11.       «Bola asrab olish – senda etarli narsani boshqalar bilan bo`lishishga urinishdir. Ma`lum bir yoshga etganingda qachondir bu dunyoni tark etishing xaqida o`ylar paydo bo`ladi. Ana shunda o`zingdan keyin nima qoldirasan, dunyo bilan nimani bo`lishasan kabi xayollar qiynarkan seni».

Sharhlar

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)

21.09.2017, 15:12

Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1