Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qonun loyihasi bilan ayrim qonun hujjatlariga chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilarni qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilib borish, qarzdorlik vujudga kelganligi to‘g‘risida ogohlantirilgandan keyin to‘lovlar amalga oshirilmagan taqdirda iste’molchilar chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etmaganiga qadar ularning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Majlisda deputatlar qonun loyihasini iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini to‘la mustahkamlagan holda ikkinchi o‘qishda tubdan qayta ishlash sharti bilan birinchi o‘qishda qabul qildi.