AsosiyJamiyat

Toshkentda bir tirkama to‘la pirotexnika vositalari olib ketayotgan “Cobalt” ushlandi

Qayd etilishicha, bu mazkur yil hisobidan bojxonada aniqlangan pirotexnika bo‘yicha eng yirik holat bo‘lgan.

'Toshkentda bir tirkama to‘la pirotexnika vositalari olib ketayotgan “Cobalt” ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda  yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi to‘xtatilib, unga ulangan yuk tirkamasi ko‘zdan kechirildi. Natijada tirkamaga 7 turdagi 562 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari ortilgani fosh bo‘ldi. 

Vaqtincha saqlovga olingan mazkur salyut va petardalarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 400 mln so‘mdan oshmoqda.

 Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar