AsosiyDunyo

Skarlett Yoxansson bilan suratga tushish uchun noma`lum erkak Turkiya harbiy bazasiga kirdi

Noma`lum erkak Skartlett Yoxansson bilan suratga tushish istagida Turkiyaning Injirlikdagi aviabazasiga hech bir qarshiliksiz kirib kelgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Nashrning xabar berishicha, noma`lum erkak aviabazada Skarlett Yoxansson bilan birga tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. U harbiy baza hududiga fuqarolik kiyimida, hech bir qarshiliksiz kirib kelgani haqida surat tagida izoh bergan. 

Akterlar Skarlett Yoxanscon, Kris Evans va basketbolchi Rey Allenlar Turkiyadagi Injirlik aviabazasiga AQSh birlashgan shtablar boshlig`i qo`mitasi raisi Jozef Danford bilan kirib kelayotgan Rojdestvo bayramini nishonlash uchun birga tashrif buyurgan edi.

Turkiyaning Adana provinsiyasidagi Injirlik aviabazasi NATOning Turkiyadagi o`ta muhim harbiy ob`ektlaridan biri hisoblanadi. AQSh bu erda 50 nafardan 90 nafargacha bo`lgan taktik yadro qurollarini saqlaydi. Bundan tashqari, aviabazada “Tornado” nomli 6 ta razvedkachi-samolyotlar va GFR harbiy havo kuchlariga tegishli yoqilg`i bilan ta`minlovchi samolyotlar saqlanadi.

Boshqa yangiliklar