1

Kisel iching — kasal bo`lmaysiz!

Salomatlik 09.12.2016, 12:27
Teglar: Salomatlik
Kisel iching — kasal bo`lmaysiz!

Kiselning organizmga foydasi beqiyos. U oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi, gastrit va oshqozon yarasini davolaydi.

1.     Disbakteriozni davolashda aynan kisel yordamga keladi. Shifokorlar bu xastalikdan aziyat chekayotgan bemorlarning kunlik rasioniga kisel iste`molini kiritishni tavsiya etishmoqda.

2.     Kiselning foydali xususiyatlari, uning qaysi meva asosida tayyorlanganligiga qarab belgilanadi. Masalan, suli yormasidan tayyorlangan kisel foydaga konligi bilan qolgan turlaridan ustun sanaladi.  

3.     Chernikali kisel esa ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi, organizmni turli xil infeksiyalardan xalos etadi.

4.     Gipovitaminoz va kamqonlikda, shuningdek, ovqat hazm qilishni yaxshilashda olmali kisel ayni muddao. Har chanqaganingizda suv o`rniga olmali kiseldan ichib tursangiz bu kasalliklardan qutulishingiz oson kechadi.

5.     Jigar va o`t pufagi kasalliklarida chetan(ryabina)li kisel tavsiya etiladi. Uning  safro tarkibini yaxshilash, ichni yumshatish va siydik xaydash xususiyatlariga ham ega.

6.     Iliq olchali kiselni nafas olish organlari va o`pka shamollashida bir kunda 3 martadan iching. Olcha tarkibidagi antiseptik moddalar bu dardlardan xalos bo`lishingizga ko`maklashadi.

7.     Klyukvali kisel tarkibidagi vitamin S va asetilsalisil kislotasi shamollash va grippdan bir zumda tuzatadi. Barcha turdagi kiselni davo topish maqsadida ovqatlanib bo`lgandan so`ng qabul qilish tavsiya etiladi.

8.     Kiselning xavfli va zararli xususiyati ham yo`q emas! Uning tarkibidagi kraxmal moddasi uglevodning qo`shimcha manbai bo`lib, me`yordan ortiq iste`mol qilinganda vaznning oshishiga sabab bo`ladi  va allergiya chaqiradi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1