AsosiySiyosat

"Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?

O‘zbekistonda chiqindidan qarzini to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muhlat beriladi.

'"Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?'ning rasmi

Oliy Majlis qonunchilik palatasi 24 dekabrdagi majlisida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yangi to‘lov mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.

17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamga qaratilgan qonun loyihasi iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini to‘la mustahkamlagan holda ikkinchi o‘qishda tubdan qayta ishlash sharti bilan birinchi o‘qishda qabul qilingandi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqshunos va ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishlarida ushbu qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinib, unga kiritilayotgan har bir norma deputatlar tomonidan chuqur tahlil qilindi. Qonun loyihasi inson manfaati hamma narsadan ustun tamoyili asosida takomillashtirildi.

Mazkur qonun loyihasida iste’molchiga chiqindi xizmati uchun qarzdorlikni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlardan qarzdorligi yuzasidan qisqa xabar (SMS) orqali iste’molchi xabardor qilingandan keyin besh kunlik muddat berilishi belgilandi. Shundan so‘nggina, qarzdorlik bartaraf etilmaganda elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklashga qaratilgan huquqiy normalar tadbiq etiladi.

Ushbu qonun loyihasida iste’molchilar huquqlariga rioya etish kafolatlarini to‘la mustahkamlanib, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishga ixtisoslashgan tashkilotlar to‘lovlarning haqqoniy va to‘g‘ri hisoblanishi uchun javobgar bo‘lishi, mazkur talablar buzilgan hollarda iste’molchiga yetkzilgan zarar qoplanishi belgilab qo‘yildi.

Deputatlaring ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov mexanizmlari takomillashtirishga, chiqindi xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda chiqindidan qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 4 yanvarda imzolangan “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi. Hujjatda chiqindi xizmatlari uchun to‘lov so‘nggi 4 yil davomida qayta ko‘rib chiqilmagani tadbirkorlik subyektlari hisoblangan sanitar tozalash korxonalarining iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani, oqibatda chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash ishlari to‘laqonli va samarali ravishda amalga oshirilmagani qayd etilgandi.

Farmonda bu amaliyotni uch boqichda joriy etish belgilangan:

  • 1-bosqichda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2024 yil 1 iyundan 6 oylik qarzdorlik uchun;
  • 2-bosqichda – respublikaning barcha hududlarida 2024 yil 1 noyabrdan 3 oylik qarzdorlik uchun;
  • 3-bosqichda respublikaning barcha hududlarida 2025 yil 1 yanvardan 1 oylik qarzdorlik uchun.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 12.09.2025 22:14

    'O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi'ning rasmi

    Siyosat 11.09.2025 21:10

    O‘zbekistonda 2026-yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi

    Мамлакатда умуммиллий рўйхатга олиш охирги марта 1989 йилда ўтказилган.

    'Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 11.09.2025 18:48

    Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud — Prezident

    Viloyatda so‘nggi 3 yilda yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan korxonalar soni 1,8 barobar oshib, 1,7 mingga yetgan.

    ''ning rasmi

    Siyosat 10.09.2025 21:03

    'Joriy yildan oliygohlari kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qabul kvotalarini shakllantiradi'ning rasmi

    Siyosat 09.09.2025 15:27

    Joriy yildan oliygohlari kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qabul kvotalarini shakllantiradi

    Mutasadidlarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda korxonalar uchun kerakli kasb kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.

    'Kasbiy ta'lim agentligi tashkil qilinadi'ning rasmi

    Siyosat 09.09.2025 15:15

    Kasbiy ta'lim agentligi tashkil qilinadi

    Yangi agentlik bitiruvchilarni kasbiy ta'lim bilan qamrab olinishini nazorat qiladi.