AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Davlat rahbari Oqtouda samolyot halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Avvalroq, Bokudan Grozniyga uchayotgan samolyotning Aktauda qulagani va samolyot bortida 67 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zolari bo‘lganligi haqida xabar qilgan edik.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Oqtou shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

    Boshqa yangiliklar