AsosiyJamiyat

2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi

Bu haqdagi Qonun qabul qilindi

'2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi'ning rasmi

 "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1011-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qonun 2025 yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

2025 yil uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

 Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.

 2025 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.

 2025 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
  • Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
  • Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.

Qonun 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 21:58

    Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Mansabdorlar 740 mln so‘mlik ish haqini talon-toroj qilgan.

    '"Tashkent city” bog‘i ichidagi ko‘chalar 15 kunga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 20:47

    "Tashkent city” bog‘i ichidagi ko‘chalar 15 kunga yopildi

    Shu munosabat bilan haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralmoqda.

    'Pokistonda O‘zbekistonga viza olishga ko‘maklashish markaz ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 20:33

    Pokistonda O‘zbekistonga viza olishga ko‘maklashish markaz ochildi

    Ushbu markaz nafaqat viza olish jarayonini yengillashtiradi, balki ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi

    'Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 19:13

    Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi

    Deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yubordi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 16:36

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Rossiyadan voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2024 21:46

    Rossiyadan voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

    Ular jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bo‘lishgan.