Chirchiqda qalbaki hujjatlar orqali byudjetdan pul undirishga urinish barbod bo‘ldi. Gumonlanuvchilar 340 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushdi.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, guruh soxta elektron shartnoma va hisob-fakturalar orqali go‘yoki milliardlab so‘mlik ishlar bajarilganini “ko‘rsatib”, 2 mlrd so‘m QQSni qaytarib olgan.
Pulni bo‘lish jarayonida ular ushlandi.
To‘rt nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi, ish doirasida boshqa aloqadorlar ham tekshirilmoqda.






