Xabaringiz bor "zapravkalar"dagi navbatni tanqid qilgandan so‘ng 15 kunga qamalgan fuqaro G‘ayrat Do‘stov ishi bugun, 3 yanvar kuni apellyatsiya shikoyatiga ko‘ra qayta ko‘rib chiqildi.
Sud G‘ayratov ishini uning ishtirokisiz boshlagan va advokatlar iltimosi bilan huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ishtiroki bilan olib borilishi talab qilingan. Shu sababli uni olib kelish uchun sud ishiga vaqtincha tanaffus berilgan.
OAV vakillarining xabarlariga ko‘ra, sudda uni tobi qochib, xushidan ketgani uchun yana tanaffus berilgan.
U kaltaklanmagani, lekin boshiga qop kiydirib yerto‘lada saqlashganini bildirgan.
Metan-shoxobchalar yopilishidan qilgan shikoyati mayda bezorilik deb malakalangan haydovchiga berilgan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi 8 sutkagacha qisqartirilib, u sud zalidan ozod etilgan.