AsosiyJamiyat

17 yoshli buxorolik "kriptotreyder" javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi

Avvalroq Buxoro davlat universiteti talabasi kripto-aktiv bilan shug‘ullanib, 34 mlrd so‘m "oborot" qilgani shov-shuv bo‘lgan edi.

'17 yoshli buxorolik "kriptotreyder" javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi'ning rasmi

Avvalroq Buxoroning Jondor tumanidan chiqqan 17 yoshli, kripto-aktiv bilan shug‘ullanib, 34 mlrd so‘m "oborot" qilgan Murodjon Zuvurov haqida xabar qilingan edi.

U kriptovalyuta bilan umumiy qiymati 34 milliard so‘m bo‘lgan 4000 ga yaqin tranzaksiyalarni amalga oshirib, narxlardagi farqdan pul ishlab topgan. Murodjon Zuvurov Buxoro davlat universitetining iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi.

Sal avval unga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari ketayotgandi.

Kuni kecha ushbu jinoyat ishi tergovchining qaroriga ko‘ra, harakatdan tugatilibdi. Bu haqda Rasul Kusherbayev xabar qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, Murodjonning qilgan ishi ijtimoiy xavfli emasligi, aybidan pushaymonligi, oilaviy ahvoli va hokazolar inobatga olingan.

Shuningdek, kriptovalyuta operatsiyalari jarayonida ishlatgan deya musodara qilingan iPhone 15 Pro Max telefoni ham qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar