Tailand Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab, Tailandning xorijdagi barcha elchixonalari va bosh konsullik muassasalarida elektron viza ("e-Visa") xizmati joriy etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Endi Tailand vizasi olishga murojaat qilmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi https://thaievisa.go.th/ manzilidagi yangi onlayn elektron viza platformasi orqali ariza topshirishi kerak bo‘ladi.
Hujjatlarning asl nusxalarini elchixonaga topshirish shart emas.
Elektron viza arizasi ma’qullangach, arizachiga tasdiqlovchi elektron pochta xabari yuboriladi. Ariza beruvchidan jo‘nash portidagi aviakompaniyaga va Tailandda immigratsiya xizmati xodimlariga taqdim etish uchun tasdiqlovchi elektron pochta nusxasini chop etishi so‘raladi.