AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 13 yil avval sudlangan sobiq IIB xodimi oqlandi

Sudlanuvchi o‘sha vaqtda 3 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan, jazo o‘tab bo‘lingandan so‘ng, sudlanganligi vaji bilan ishga olinmagan.

'Sirdaryoda 13 yil avval sudlangan sobiq IIB xodimi oqlandi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudda 13 yil avval sodir etilgan jinoyatda ishtirok etganiligi uchun 3 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxs ustidan kassatsiya instansiya sudi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Huquq24" teledasturida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, sobiq IIB xodimi A.R. 2012 yilda xizmat vaqtida bahosi 208 ming so‘mlik 22 qop talon-toroj qilinishida e’tiborsizlik qilgan deb sudlangan.

"Sud tomonidan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindim, 20 foiz ish haqi davlatga o‘tkazilishi sharti bilan. [Ozodlikka chiqib] ishga kirish uchun borsam, sudlangansan, deb hech joyda meni ishga olishmadi. 13 yildan beri bekor (ishsiz) edim. Sudga kelib sudlanganlik maqomini bekor qilish bo‘yicha ariza yozdim", — dedi sudlanuvchi.

Fuqaro Yangiyer shahridagi qishloq xo‘jaligi kimyo bazasiga vaqtincha yordamchi kuch sifatida yuborilgan bo‘lgan. Ombor mudiri tomonidan "Zil" yuk mashinasida yashirin tarzda narxi 208 ming so‘m bo‘lgan 22 qop selitrani avtobazadan chiqishiga ruxsat berib yuborgan. Oqlangan shaxsning aloqasi bor deb, unga Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sudlangan.

Kassatsiya instansiyasining sud majlisida sudlov hay’ati tomonidan fuqaro boshqa shaxslar sodir etgan jinoyatga aloqasi yo‘qligi hamda o‘zining sodir etgan harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli unga oid ishning qismi Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasi 2-bandiga (Ayblanuvchi qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa) uning harakatlarida jinoyat harakatlari mavjud emasligi sababli oqlandi.

"Kutmagandim, chunki 13 yil o‘tib ketibdi, bo‘ldi oqlanmasam kerak deb o‘ylagandim. Ota-onam, aka-ukam xursand", — dedi oqlangan fuqaro.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:59

    O‘zbekiston import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi

    Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

    'Bank kartalaridagi pul mablag‘lari avtomatik tarzda yechib olinyapti(mi?)'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:17

    Bank kartalaridagi pul mablag‘lari avtomatik tarzda yechib olinyapti(mi?)

    Tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Markaziy bank rasmiy munosabat bildirdi.

    '“Akademik harakatchanlik” dasturining 2024 yilgi g‘oliblari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:09

    “Akademik harakatchanlik” dasturining 2024 yilgi g‘oliblari aniqlandi

    G‘oliblarga umumiy hisobda 734 mln so‘mlik sertifikatlar topshirilgan.

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:02

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi bor pedagoglarni aniqlash rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:16

    Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi bor pedagoglarni aniqlash rejalashtirilmoqda

    O‘qituvchilarning kasbiy so‘nishining oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshiruvchi simulyator va keyslar yaratilishi mumkin.

    'Namanganda FVB boshlig‘i, Sirdaryoda FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:45

    Namanganda FVB boshlig‘i, Sirdaryoda FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i qo‘lga olindi

    FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari, tezkor bo‘linma boshlig‘i esa 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.