AsosiyJamiyat

Qarshidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi

1 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 9 nafar xodimning xatti-harakatlari “Intizomiy kengashlar” tomonidan ko‘rib chiqildi.

'Qarshidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan 2024 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari hamda maxsus qabulxonalarga monitoring tashriflari amalga oshirilgan bo‘lib, unda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi. Xususan, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi, Qarshi va Koson tumanlari ichki ishlar bo‘limlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan me’yoriy talablarga javob bermasligi kuzatilgandi. Kameralarning ta’mirtalab holatga kelib qolganligi, shu bilan birga tabiiy va sun’iy yorug‘lik tizimi, sanitariya-gigiyena holati, havo almashtirish tizimi talab darajasida emasligi kabi qator kamchiliklar qayd etildi.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritildi. Ma’lum qilinishicha, taqdimnoma asosida ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Jumladan, vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi kameralarni ko‘zga ziyon yetkazmaydigan holda o‘qish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlash, isitish hamda boshqa tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatilib, saqlanayotgan shaxslar kapital ta’mirlangan Kasbi tuman ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirildi.

Ombudsman taqdimnomasida bildirilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 1 nafar xodim lavozimidan ozod etildi va 9 nafar xodimning xatti-harakatlari “Intizomiy kengashlar” tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ayni paytda vazirlik tomonidan vaqtincha saqlash hibsxonalari sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. Kameralar va yuvinish xonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash va sanitariya talablariga muvofiqlashtirish ishlari davom etmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.