“Chelsi” jamoasi ustozi Antonio Konte noyabr oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda "Championat.com" nashri xabar bermoqda.
Noyabr oyida London klubi 4 ta ketma-ket g`alabaga erishdi – “Everton” – 5:0, “Midlsbro” – 1:0, “Tottenxem” – 2:1 va “Manchester Siti” – 3:1.
Diego Kosta noyabr oyidagi to`rtta o`yindan uchtasida maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Chelsi”ning yana bir a`zosi Pedro Rodriges noyabr oyidagi eng chiroyli gol muallifi bo`ldi.
Angliya chempionati 14-turidan keyin “Chelsi” 34 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o`rinda borayotgan “Arsenal” hisobida 3 ochkoga kamroq.