AsosiyJamiyat

Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

'Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln 250 ming so‘mdan 18 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi. 

Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 125 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 750 ming so‘mdan 5 mln 625 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Achchiq taomlar kayfiyatni ko‘tarishi va sog‘liqqa foydasi bor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Achchiq taomlar kayfiyatni ko‘tarishi va sog‘liqqa foydasi bor

    Achchiq ovqat nafaqat taomga mazali ta'm beradi, balki organizmni kasalliklardan himoya qilish va kayfiyatni ko‘tarishda ham yordamchi.

    'Mo‘g‘ulistonda “duzd” qilishi oqibatida 26 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:27

    Mo‘g‘ulistonda “duzd” qilishi oqibatida 26 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi

    Mug‘ulistonning 21 viloyatidan kamida 11 tasi “duzd”ning oqibatlaridan jabr ko‘rgan.

    'Ramazonda narxlar nazoratda bo‘ladi — Raqobat qo‘mitasi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:40

    Ramazonda narxlar nazoratda bo‘ladi — Raqobat qo‘mitasi

    Komita yirik savdo tarmoqlarini ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini asossiz oshirmaslik haqida ogohlantirdi.

    'Toʻqqizta viloyatga sel keladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:43

    Toʻqqizta viloyatga sel keladi

    “O‘zgidromet” ogohlantirish bilan chiqdi.

    'Trump: “Tinchlik kengashi” Gazoga 5 mlrd dollar ajratadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:31

    Trump: “Tinchlik kengashi” Gazoga 5 mlrd dollar ajratadi

    AQSh prezidenti kengash a'zolari G'azo sektorini tiklash va gumanitar yordam uchun milliardlab mablag' ajratish majburiyatini olganini ma'lum qildi.

    '60 nafardan ortiq bola qizamiq bilan kasallandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:26

    60 nafardan ortiq bola qizamiq bilan kasallandi

    Ettita maktab va bolalar bogʻchasida kasallik holatlari qayd etilgan.