AsosiyJamiyat

Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini to‘xtatdi

Qo‘shni respublikada sabzavot narxi keskin oshib ketdi.

'Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini to‘xtatdi'ning rasmi

Qozog‘istonning bir qancha hududlarida kartoshka narxi keskin oshib ketdi. Hukumat uchinchi mamlakatlarga sabzavot eksportini olti oyga chekladi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi. 

Qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekiston tomonidan talab oshgani va eksport narxlari yuqoriligi sababli joriy yilda kartoshka eksporti 1,5 barobar oshib, 411 ming tonnadan 605 ming tonnaga yetdi. Kuchli talab ichki bozorga ham ta’sir ko‘rsatdi. Oxirgi haftada eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilarda narxlarning keskin o‘sishi (170 tengedan 270 tengega, taxminan, 4 mingdan 6,5 ming so‘mgacha) qayd etildi, deyiladi hukumat xabarida.

Qozog‘istonda kartoshkaning bir kilosi 400 tengegacha (9,5 ming so‘mdan ziyod) va undan yuqori sotilmoqda. Jumladan, Oqto‘be shahrida yanvar oyi boshida bir kilosi 200 tengedan qimmat bo‘lmagan. Oxirgi haftada narx ikki barobar oshdi. Bugungi kunda supermarketlarda bir kilogramm kartoshka 388 tengedan (9 400 so‘m atrofida) sotilmoqda. Hatto sifati buzilgan kartoshkalarning ham narxi oshgan.Sotuvchilar buni mahsulotning har bir partiyasi oldingisidan qimmatroq tushishi bilan izohlagan.

Ichki bozorda narxni barqarorlashtirish, uning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kartoshkani uchinchi davlatlarga olib chiqish 6 oyga cheklanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani inkor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:00

    O‘zbekistonda GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani inkor qilindi

    Tashkilot “O‘zaviatsiya” agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza taqdim etmagan.

    'Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:19

    Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor

    “O‘zgidromet” bugun qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

    'Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 20:31

    Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

    'Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 20:03

    Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi

    Bu haqdagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

    '"Barcha tashqi yozuvlar va e’lonlar o‘zbek tilida bo‘lishi kerak" — Alisher Qodirov'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 19:49

    "Barcha tashqi yozuvlar va e’lonlar o‘zbek tilida bo‘lishi kerak" — Alisher Qodirov

    Alisher Qodirov "Milliy tiklanish" partiyasida "Tashqi yozuvlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ustida ish boshlanganligi ma’lum qildi.

    'O‘quv muassasalari oshxonalari elektron auksion orqali ijaraga beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 17:15

    O‘quv muassasalari oshxonalari elektron auksion orqali ijaraga beriladi

    Ijarachilar talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini ilova qiladi.