AQSH Putinni muzokaralar stoliga o‘tirishga majburlashni biladi - Trampning bo‘lajak milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Volts o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Saylangan prezident Donald Trampning maslahatchisi, kongressmen Mayk Volts AVS NEWS’ga bergan intervyusida aytishicha, Tramp muayyan qadamlar tashlashga tayyor.
Masalan, Putinni muzokaralar stoliga o‘tqizish uchun Ukrainaga uzoq masofaga zarba beruvchi qurollarga yetkazib berishga cheklovlarni olib tashlashi mumkin. Maslahatchi qaysi qurolga ishora qilinayotgani noma’lum. Bo‘lajak maslahatchi hech qanday ma’lumot bermagan.
Vals Putinga ta’sir qilishning boshqa vositalari qatorida energetik sanksiyalarini ham sanab o‘tdi. Agar ular joriy qilinsa, Ukraina yanada kuchliroq bo‘ladi, Putin esa ko‘proq muammolarga duch keladi.
Ukrainaning dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko bu kabi bayonotlarga ijobiy javob berdi. Uning fikricha, uzoq masofali qurollar va energetik sanksiyalari Putin rejimini tugatadi. Hozir Putin ildizi kichkina tanasi katta daraxtga o‘xshab qolgan. U bahaybat ko‘rinsada uni yo‘q qilish oson.
"Ukraina uchun uzoq masofaga uchuvchi qurollarga nisbatan cheklovlarni olib tashlash, Rossiyaga qarshi energetik sanksiyalarni yanada kuchaytirish -AQSHdan berilgan ajoyib signallar bo‘lib, bu Putin rejimining ildiziga zarba loy beradi, deb yozgan Andrey Kovalenko.
AQSHning yangi saylangan prezidenti va Rossiya yetakchisi o‘rtasidagi uchrashuvga hozirdan tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Biroq, bu qachon sodir bo‘lishi noma’lum. Bundan tashqari, yaqin kunlar ichida ular telefonda gaplashishlari ham mumkin..
AQSHning saylangan prezidenti Ukrainaning 1991 yil chegaralarida bo‘lgan yerlarini qaytarib olishi haqidagi ssenariyni real emas deb hisoblaydi. Trampinng fikricha, bu urush diplomatik yo‘llar bilan tugatilishi kerak.
Abdulloh Sayyid