AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani inkor qilindi

Tashkilot “O‘zaviatsiya” agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza taqdim etmagan.

'O‘zbekistonda GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilgani inkor qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda GAB Airlines aviakompaniyasi tashkil etilishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Fuqaro aviatsiyasi agentligi matbuot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu aviakompaniya tashkil etilgani va Airbus-320 va Airbus-330 havo kemalarida parvozlarni amalga oshirishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyatni amalga oshirish uchun qonun talablariga muvofiq har qanday yuridik shaxs “O‘zaviatsiya” agentligidan belgilangan tartibda havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olishi shart.

Faqatgina havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olgandan keyingina aviakompaniya maqomini olish mumkin va havo kemalarida havo tashuvlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

O‘zini GAB Airlines aviakompaniyasi deb atayotgan tashkilot bugungi kunga qadar “O‘zaviatsiya” agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun ariza va havo kemasini sotib olgani yoki ijaraga (lizingga) olgani haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini to‘xtatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:55

    Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini to‘xtatdi

    Qo‘shni respublikada sabzavot narxi keskin oshib ketdi.

    'Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:19

    Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor

    “O‘zgidromet” bugun qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.

    'Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 20:31

    Yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

    'Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 20:03

    Insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi

    Bu haqdagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

    '"Barcha tashqi yozuvlar va e’lonlar o‘zbek tilida bo‘lishi kerak" — Alisher Qodirov'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 19:49

    "Barcha tashqi yozuvlar va e’lonlar o‘zbek tilida bo‘lishi kerak" — Alisher Qodirov

    Alisher Qodirov "Milliy tiklanish" partiyasida "Tashqi yozuvlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ustida ish boshlanganligi ma’lum qildi.

    'O‘quv muassasalari oshxonalari elektron auksion orqali ijaraga beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.01.2025 17:15

    O‘quv muassasalari oshxonalari elektron auksion orqali ijaraga beriladi

    Ijarachilar talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini ilova qiladi.